macOS 11 va undan yangi · Bepul · MIT

Mac'da ş ğ ö ç ʼ — bitta tugma bilan

«Özbekça» — yangi özbek lotin yozuvi uçun klaviatura maketi. Lotin harflari odatiy QWERTY joyida qoladi, ş, ğ, ö, ç va tutuq belgisi ʼ esa alohida tugmalarda. Bu dastur emas — macOS'ning öz klaviatura maketi.

Versiya 1.0.0 · 185 KB · Apple Silicon va Intel · internetga ulanmaydi

Harflar qayerda

Özbek harflari tiniş belgisi tugmalarida turadi, nuqta va vergul esa yonga köçgan. Qolgan harflar inglizça klaviaturadagi joyida.

Tugma (QWERTY)OddiyShift
;şŞ
'ğĞ
,öÖ
.çÇ
§ (çap yuqori burçak)ʼ'
/.:
\,;
[ ]“ ”{ }
Oddiy

Yaşil — özbek harflari. Sariq uzuq çiziq — ölik tugma: u keyingi harfga belgi qöşadi (masalan ⌥⇧; söng o → ö). Kiçik kulrang yozuv — tugmaning QWERTY nomi.

Örnatmasdan sinab köring

Bu maydonda klaviaturangiz «Özbekça» maketi kabi işlaydi: Shift, Caps Lock va Option bilan ham. Ölik tugmalar bu yerda işlamaydi.

Örnatiş

Ikki usul bor. Paket — eng oson yöl.

Paketni yuklab oling

Ozbekca-1.0.0.pkg faylini yuklab oling va ikki marta bosing.

macOS ogohlantirişini öting

Paket Apple Developer ID bilan imzolanmagan, şuning uçun macOS uni «tekşirib bölmadi» deb töxtatadi. Bu kutilgan holat:

  1. Ogohlantiriş oynasida Done (Tayyor) ni bosing.
  2. Tizim sozlamalari → Maxfiylik va xavfsizlik (Privacy & Security) bölimini oçing.
  3. Pastda «Ozbekca-1.0.0.pkg» yozuvi yonidagi «Baribir oçiş» (Open Anyway) tugmasini bosing va parolingizni kiriting.

Kimga örnatişni tanlang

«Faqat men uçun» — parol kerak emas. «Bu kompyuterdagi barça foydalanuvçilar uçun» — administrator paroli kerak.

Maketni yoqing

  1. Tizim sozlamalari → Klaviatura (Keyboard) → Kiritiş manbalari (Input Sources) → Tahrirlaş… (Edit…).
  2. Pastdagi «+» tugmasini bosing.
  3. Çap röyxatdan Uzbek (yoki Others) ni tanlang, söng «Uzbek (new Latin)» ni tanlab Add ni bosing. Nomi macOS tiliga qarab özgaradi: «Özbekçe (yeni Latin)», «Узбекская (новая латиница)».
💡 Maketlar orasida almaştiriş: Control + Böşliq yoki 🌐 (Fn) tugmasi. Menyu satrida ş belgisi körinsa — Özbekça yoqilgan.

Qölda örnatiş (paketsiz)

  1. Ozbekca-1.0.0.bundle.zip ni yuklab oling va oçing.
  2. Finder'da Go → Go to Folder… (⇧⌘G) ni bosib, ~/Library/Keyboard Layouts ni kiriting.
  3. Ozbekca.bundle ni şu papkaga torting.
  4. Tizimdan çiqib qayta kiring (Log Out), söng yuqoridagi 4-qadamni bajaring.

Faylni tekşiriş (SHA-256)

Terminal'da shasum -a 256 Ozbekca-1.0.0.pkg buyruğini bering. Natija quyidagi qiymatga teng bölişi kerak (SHA256SUMS.txt):

72b0c384aea2798700c95b54623b9a6962789648775847ba236158f75b979321  Ozbekca-1.0.0.bundle.zip
8f3e3b5a61c544deeb27b4a78bb9beefa04e34ed405d1b91633ecb7610043764  Ozbekca-1.0.0.pkg

Öçiriş

Maket faqat bitta papkadan iborat, uni öçiriş oson.

  1. Kiritiş manbalari röyxatida Özbekça'ni tanlab, «−» tugmasini bosing.
  2. Finder → Go → Go to Folder… → ~/Library/Keyboard Layouts (barça foydalanuvçilar uçun örnatilgan bölsa /Library/Keyboard Layouts) va Ozbekca.bundle ni Savatga taşlang.
  3. Tizimdan çiqib qayta kiring.

Yoki Terminal orqali:

rm -rf ~/Library/Keyboard\ Layouts/Ozbekca.bundle
sudo rm -rf "/Library/Keyboard Layouts/Ozbekca.bundle"
pkgutil --forget com.alharitm.keyboardlayout.ozbekca

Savollar

Eng köp beriladigan savollar.

Nega macOS «tekşirib bölmadi» deydi? Bu xavfsizmi?

Apple'ning Developer ID sertifikati yiliga 99 $ turadi. Paket hozirça u bilan imzolanmagan va Apple notarizatsiyasidan ötmagan, şuning uçun macOS ogohlantiradi. Paket içida faqat bitta maket fayli (oddiy XML matn), ikonka va nomlar bor: heç qanday dastur yöq, internetga ulanmaydi. Fayl buzilmaganini SHA-256 qiymati bilan tekşiriş mumkin.

Bu «F-klaviatura»dan nimasi bilan farq qiladi?

Özbek F-klaviaturasi — harflari butunlay yangiça joylaşgan ergonomik maket: tezroq yoziş uçun, lekin uni örganiş kerak. «Özbekça» esa odatiy QWERTY: lotin harflari öz joyida, faqat ş ğ ö ç ʼ qöşilgan. Hozir yozişni örganmasdan özbekça yozmoqçi bölsangiz — «Özbekça».

Tutuq belgisi ʼ qayerda? Klaviaturamda § tugmasi yöq.

Maket ISO klaviatura (Yevropa, Turkiya) uçun tuzilgan: ʼ — çap yuqori burçakdagi § tugmasida. AQŞ (ANSI) klaviaturasida bu tugma yöq. U holda ʼ ni ⌃⌘Böşliq (Belgilar oynasi) orqali qöyiş mumkin.

Caps Lock bilan işlaydimi?

Ha. Caps Lock yoqilganda Ş Ğ Ö Ç boş harflari çiqadi, tiniş belgilari esa özgarmaydi.

Option bilan nimalar yoziladi?

⌥ bilan: € £ ₽ ₺ ¥, « » qöştirnoqlar, — tire, ← → strelkalar, 🇺🇿 (⌥U) va boşqalar. ⌥⇧ — ölik tugmalar: masalan ⌥⇧/ söng e → é. Töliq röyxat yuqoridagi xaritalarda.

Maket röyxatda körinmayapti

Tizimdan çiqib qayta kiring. Agar ~/Library/Keyboard Layouts da eski «Özbekça.keylayout» fayli qolgan bölsa, uni öçiring: bir xil nomdagi ikki maket çalkaşlik qiladi.