Mac uçun özbekça matn muharriri
Daftar — yengil va tez işlaydigan, butun interfeysi özbek tilida bölgan matn muharriri. Imlo tekşiruvi 2021-yilgi alfavit (ö, ğ, ş, ç) bilan, şuningdek 1995 imlo va kirill ham mavjud. Sozlamalaringiz va fayllaringiz faqat özingiznikida qoladi.
Daftar 1.2.0 · ~9 MB · Apple Silicon (M1/M2/M3/M4) · macOS 11 Big Sur va yangiroq
Nima uçun Daftar?
Kunlik yoziş, rëjalar, xatlar, maqolalar uçun — macOS'ning özidagi Notes'dek oddiy, lekin özbekça imlo bilan.
Butun ilova özbekça
Menyu, oynalar, holat satri, yordam — hammasi özbek tilida. Inglizça aralaşmagan.
Yangi alfavit imlosi
2021-yilgi islohot: ö, ğ, ş, ç. 90 000+ sözli örnatilgan luğat xatolaringizni qizil çiziq bilan körsatadi.
Alifbo konvertatsiyasi
Bir bosiş bilan: 1995 → yangi imlo, yangi imlo → 1995, lotin ↔ kirill. Tanlangan matn yoki butun hujjat.
Yengil va çaqqon
~9 MB, taşqi boğliqliksiz, darhol oçiladi. Eski Mac'larda ham oğirlik qilmaydi.
Tezkor qidiruv
Topiş va almaştiriş (⌘F), barça mos kelişlarni belgilaş, almaştiriş yoki hammasini almaştiriş.
Maxfiyligingiz sizda
Internetga ulanmaydi, tahlil yubormaydi, hisobni talab qilmaydi. Hujjatlaringiz faqat Mac'ingizda saqlanadi.
Bir Daftar — uç alfavit
Tahrir → Imlo tili menyusidan xohlaganingizni tanlang. Standart — yangi imlo.
Kirill-lotin muvofiqligi ham bor: ў ↔ ö/ö, ғ ↔ ğ/ğ, ш ↔ sh/ş, ч ↔ ch/ç. Konvertatsiya menyusida 6 ta yönalişning istalgani tanlanadi.
Yuklab oliş
Daftar 1.2.0 — Apple Silicon
Daftar-1.2.0-arm64.dmg · 2.7 MB · macOS 11 (Big Sur) yoki yangiroq · Apple Silicon (M1/M2/M3/M4)
xattr -dr com.apple.quarantine /Applications/Daftar.appMac'ga örnatiş
1. DMG faylni yuklab oling
Yuqoridagi «Yuklab oliş» tugmasi orqali Daftar-1.2.0-arm64.dmg faylini yuklab oling.
2. DMG'ni oçing
Yuklangan faylni ikki marta bosing. Oçilgan oynada Daftar.app va Applications papkasi körinadi.
3. Applications'ga taşlang
Daftar.app belgisini Applications ustiga suring. Tayyor! Endi Launchpad yoki Spotlight (⌘ + Space → “Daftar”) orqali oçing.
/Applications/Daftar.app ni Trash'ga taşlang. Sozlamalar ~/Library/Preferences/uz.daftar.Daftar.plist, foydalanuvçi luğati ~/Library/Application Support/Daftar/ da saqlanadi.Yordam
Tezkor klavişlar va tez-tez söraladigan savollar. Töliq yordam: ilovada Yordam → Daftar yordami.
| Amal | Klaviş |
|---|---|
| Yangi hujjat | ⌘N |
| Fayl oçiş | ⌘O |
| Saqlaş / Boşqaça saqlaş | ⌘S / ⇧⌘S |
| Topiş va almaştiriş | ⌘F |
| Keyingisi / Oldingisi | ⌘G / ⇧⌘G |
| Uslubsiz qöyiş | ⇧⌥⌘V |
| Sözlarni avtomatik öraş | ⌥⌘W |
| Çop etiş | ⌘P |
Imlo tekşiruvi qaysi tilda işlaydi?
Standart holatda yangi imlo (ö, ğ, ş, ç) luğati bilan Özbek tilida tekşiradi. Tahrir → Imlo tili orqali «1995 imlo» (oʻ, gʻ, sh, ch) yoki Kirillga ötişingiz, hatto tizim tillarini (turkça/rusça/inglizça) işlatişingiz ham mumkin. Xato sözning ustiga turib öng tugmani bosing — takliflar, «Luğatga qöşiş» yoki «Bu safar ötkazib yuboriş» tanlang.
2021-yilgi yangi alfavitga qanday ötaman?
Konvertatsiya menyusidan Lotin (1995) → Yangi imlo ni tanlang. Matn tanlangan bölsa faqat tanlangan joy, aks holda butun hujjat bir zumда ögiradi. Qaytiş uçun Yangi imlo → Lotin (1995). Özgarişni ⌘Z bilan bekor qiliş mumkin.
Nega «zararli dastur» deb ogohlantiryapti?
Daftar bepul va oçiq kodli — Apple notarizatsiyasidan (yiliga $99) foydalanmaymiz. Bu xavfli ekanini bildirmaydi. Öng tugma → Open (bir marta) yoki Terminal’da xattr -dr com.apple.quarantine /Applications/Daftar.app.
Intel Mac'da işlaydimi?
Hozirça yöq. Daftar faqat Apple Silicon (M1, M2, M3, M4…) uçun yiğilgan (arm64). Intel versiyasi kerak bölsa, manba kodidan özingiz yiğişingiz mumkin.
Matnlarim qayerga saqlanadi?
Heç qayerga — bulut yöq. Hujjatlaringiz siz tanlagan papkada (.txt/.md), sozlamalaringiz ~/Library/Preferences/uz.daftar.Daftar.plist da qoladi. Imlo luğatiga qöşgan sözlaringiz ~/Library/Application Support/Daftar/ içida.